1. Bosh sahifa
  2. Mahsulot
  3. Nega UzRouter

Alohida integratsiyalar emas — bitta qatlam

AI’ni har bir tizimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash tez boshlanadi. Lekin kalitlar, qoidalar va jurnallar har bir integratsiyaga tarqalib ketadi. UzRouter ularni CRM, ilova va call-markaz uchun bitta joyga yig‘adi.

Ulanish sxemasi
  • CRM
  • Mobil ilova
  • Call-markaz
UzRouter
  • Qwenmahalliy
  • Llamamahalliy
  • GPTruxsat bilan
  • Clauderuxsat bilan
Ulanishlar
har bir tizimdan bitta
Qoida
loyihada, bitta joyda
Jurnal
bitta, matn saqlanmaydi

Sxema. Chapda — so‘rov yuboradigan tizimlar, o‘ngda — modellar. Ko‘rinishni almashtirib, ikki yondashuvni solishtiring.

Mezon bo‘yicha taqqoslash

To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya ham ishlaydi. Farq — nazorat qayerda turishida: har bir tizim kodida yoki bitta loyiha qoidasida.

Mezon To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya UzRouter bilan
Ulanish Har bir model uchun har bir tizimda alohida integratsiya Barcha modellar uchun bitta API
Model almashsa CRM, ilova va call-markaz kodi qayta yoziladi va qayta sinanadi Integratsiya kodi o‘zgarmaydi, faqat loyiha qoidasi yangilanadi
Ma’lumot qayerda Har bir integratsiyada alohida aniqlanadi Standart — O‘zbekistondagi model, global faqat ruxsat bilan
Maxfiy maydonlar Har joyda alohida qoida yoki umuman yo‘q Loyiha darajasida niqoblash yoki bloklash
Kalit va ruxsat Provayder kalitlari bir nechta tizimda saqlanadi Har bir loyiha o‘z kaliti bilan, ruxsatni administrator beradi va bekor qiladi
Model uzilsa Nima bo‘lishi oldindan belgilanmagan So‘rov to‘xtaydi va xorijga o‘tmaydi, CRM sababni oladi
Sarf Har bir provayder hisobida alohida Loyiha uchun bitta sarf chegarasi
Audit So‘rovlar turli tizimlarda tarqalgan Har bir qaror bitta jurnalda, matn saqlanmaydi
Yangi kanal qo‘shilsa Barcha modellar bilan integratsiya yana boshidan Kanal bitta API’ga ulanadi, mavjud qoidalar unga ham amal qiladi

UzRouter tomonidagi nazoratlar — niqoblash, limit, to‘xtash va audit — pilot davomida sizning muhitingizda tekshiriladi.

O‘zgarish kelganda — ish qayerda qilinadi

AI loyihasi bir marta ulanib qolmaydi: model almashadi, yangi kanal qo‘shiladi, qoida o‘zgaradi. To‘rt odatiy o‘zgarishda ikki yondashuvning ish hajmini solishtiring.

Namuna: murojaatlarni saralash uchun boshqa mahalliy modelga o‘tish qaror qilindi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya

3 ta tizim
  • CRM
    • So‘rov formatini yangi modelga moslash
    • Kalit va xatolarni qayta ishlash
    • Qayta sinov va chiqarish
  • Mobil ilova chati
    • So‘rov formatini yangi modelga moslash
    • Kalit va xatolarni qayta ishlash
    • Qayta sinov va chiqarish
  • Call-markaz
    • So‘rov formatini yangi modelga moslash
    • Kalit va xatolarni qayta ishlash
    • Qayta sinov va chiqarish

Har bir tizimda alohida o‘zgarish va alohida tekshiruv.

UzRouter bilan

1 ta qoida
Loyiha qoidasi namuna
  "vazifa": "murojaatni_saralash",
 "model": "Qwen",
 "model": "Llama",
  "yo‘nalish": "mahalliy"
  • CRM kodi — o‘zgarishsiz
  • Mobil ilova chati — o‘zgarishsiz
  • Call-markaz — o‘zgarishsiz

O‘zgarish loyiha jurnalida ko‘rinadi. Qoida yangilanishi pilotda birga tekshiriladi.

Kim qiladi: modelni pilot natijasiga qarab birga tanlaymiz, administrator loyiha qoidasini yangilaydi.

Namuna: mobil ilova chatidan keyin call-markaz ham AI orqali saralashni boshlaydi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya

  • Call-markaz tizimi har bir model bilan alohida ulanadi
  • Provayder kalitlari yana bir tizimga qo‘shiladi
  • Niqoblash va to‘xtash qoidalari shu tizim uchun qaytadan yoziladi
  • Xavfsizlik jamoasi yangi integratsiyani alohida ko‘rib chiqadi

UzRouter bilan

  • Call-markaz bitta API’ga, loyiha kaliti bilan ulanadi
  • Mavjud loyiha qoidalari, maxfiy maydonlar va limit unga ham amal qiladi
  • Qarorlar o‘sha bitta jurnalga tushadi
  • Xavfsizlik jamoasi yangi kalitni ko‘radi, qoidalar o‘zgarmaydi

Kim qiladi: IT jamoasi kanalni ulaydi, administrator kalit beradi. Qoidaga tegilmaydi.

Namuna: xavfsizlik jamoasi «pasport» maydonini ham maxfiy deb belgiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya

  • Niqoblash har bir tizim kodida alohida qo‘shiladi
  • Qaysi tizim yangilanmay qolganini bilish qiyin
  • Har bir tizimda alohida sinov kerak

UzRouter bilan

  • Maydon loyiha qoidasiga bir marta qo‘shiladi
  • Barcha kanallar uchun birdan amal qiladi
  • Niqoblash yoki bloklash pilotda tekshiriladi

Kim qiladi: axborot xavfsizligi qoidani tasdiqlaydi, administrator loyihada yangilaydi.

Namuna: ochiq matnni (filial ish vaqti) tarjima qilish uchun global provayderga ruxsat berildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya

  • Provayder kaliti tegishli tizimga qo‘shiladi
  • Qaysi ma’lumot ketishini dastur kodi belgilaydi
  • Qaror kim tomonidan berilgani alohida hujjatda qoladi

UzRouter bilan

  • Administrator faqat shu vazifa va «ochiq matn» toifasi uchun ruxsat beradi
  • Maxfiy maydonli so‘rov baribir bloklanadi
  • Ruxsat qarori jurnalda; global provayderda uning o‘z shartlari amal qiladi

Kim qiladi: kompaniya ruxsat beradi, UzRouter qoidani qo‘llaydi. Global yo‘l standart holatda yopiq.

Har bir jamoa nima oladi

Pilot qarorini odatda uch jamoa birga qabul qiladi. Har birining asosiy savoli boshqacha — UzRouter ularning har biriga alohida javob beradi.

Xizmat ko‘rsatish rahbari

«Murojaatlar tezroq va to‘g‘ri bo‘limga tushadimi?»

  • O‘zbekcha murojaat bo‘limga saralanadi
  • Operator yo‘riqnomadagi kerakli bandni tezroq topadi
  • Mijozga javobni operator tasdiqlab yuboradi

Pilotda o‘lchanadiJavob topish vaqti, to‘g‘ri saralash ulushi, 1 000 murojaat tannarxi

IT integratsiya jamoasi

«Qancha kod yozamiz va keyin qancha qayta yozamiz?»

  • Mavjud CRM yoki ilovaga bitta ulanish
  • Model yoki provayder almashsa, integratsiya kodi o‘zgarmaydi
  • To‘xtatish va bloklash sababi CRM’ga aniq qaytadi

Pilotda tekshiriladiTest muhitda ulanish, natija va xato holatlari

Axborot xavfsizligi

«Ma’lumot qayerga boradi va buni kim belgilaydi?»

  • Standart — O‘zbekistondagi model
  • Global yo‘l faqat ruxsat berilgan vazifa va toifa uchun
  • Matn saqlanmaydi, jurnalda faqat qaror qaydi

Pilotda tekshiriladiNiqoblash, bloklash, to‘xtash va audit qaydlari

Mavjud integratsiyadan — bosqichma-bosqich

Agar AI allaqachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan bo‘lsa, hammasini bir kunda almashtirish shart emas. O‘tish kanal-kanal bo‘ladi, eski integratsiya esa qaror qabul qilingunga qadar qaytish yo‘li sifatida qoladi.

O‘tish rejasi namuna
  • CRMUzRouter · test muhit
  • Mobil ilova chatieski integratsiya · keyingi bosqich
  • Call-markazeski integratsiya · keyingi bosqich
Bir vaqtda bitta kanal o‘tadi. Qolganlari odatdagidek ishlashda davom etadi.
  1. Hozirgi integratsiyalar xaritasi

    Qaysi tizim qaysi modelga ulangan, qaysi ma’lumot yuboriladi, kalitlar qayerda saqlanadi — ro‘yxat tuziladi.

    Sizning IT jamoangizUzRouter jamoasi

  2. Xatti-harakat qoidaga ko‘chiriladi

    Kod ichida yashiringan qarorlar — qaysi model, qaysi maydon niqoblanadi, model javob bermasa nima bo‘ladi — loyiha qoidasiga yoziladi.

    Axborot xavfsizligi tasdiqlaydiUzRouter jamoasi sozlaydi

  3. Bitta kanal test muhitda

    Masalan, CRM UzRouter’ga ulanadi. Natijalar eski integratsiya bilan bir xil murojaatlarda solishtiriladi.

    Sizning IT jamoangiz

  4. Kanal-kanal o‘tkazish

    Birinchi kanal barqaror ishlagach, keyingisi ulanadi. Eski integratsiya qaytish yo‘li sifatida saqlanadi.

    Xizmat ko‘rsatish rahbari kuzatadi

  5. Eski kalitlar yopiladi

    Barcha kanallar o‘tgach, provayder kalitlari tizimlardan olib tashlanadi. Nazorat endi bitta loyiha qoidasida.

    Axborot xavfsizligi

Qo‘shimcha qatlam — qo‘shimcha savollar

Har qanday oraliq qatlam o‘z xavfini olib keladi. Ularni yashirmaymiz: har biri uchun nima qilinishi va pilotda nima tekshirilishi oldindan kelishiladi.

Xavflar va ularni tekshirish rejasi. Natijalar pilotda sizning muhitingizda o‘lchanadi.
XavfQanday boshqariladiPilotda tekshiriladi
Qo‘shimcha bo‘g‘inSo‘rov yana bir joydan o‘tadi. Mahalliy rejimda UzRouter ham, model ham O‘zbekistonda.Javob vaqti sizning jarayoningizda o‘lchanadi.
Yagona nazorat nuqtasiUzRouter yoki model javob bermasa, CRM to‘xtatish sababini oladi, murojaat odatiy operator navbatida qoladi.CRM tomondagi zaxira tartib — murojaat yo‘qolmasligi.
Noto‘g‘ri sozlangan qoidaQoidani faqat administrator o‘zgartiradi. Har bir qaror jurnalda qoladi.Qoida o‘zgarishi kim tomonidan qilingani ko‘rinishi.
Kalit sizib chiqishiHar bir loyiha o‘z kaliti bilan. Administrator kalitni bekor qiladi.Bekor qilingan kalit bilan kelgan so‘rov to‘xtatilishi.
Bitta yetkazib beruvchiga bog‘lanishQoidalar — kompaniya qarori, CRM esa bitta oddiy ulanishga ega. Pastda batafsil.Qoidalar pilot kartasida hujjatlashtirilishi.

Bog‘lanib qolmaysizmi?

Qisqa javob: asosiy qarorlar sizda qoladi. Mana nima uchun.

  • Qoidalar siznikiRejim, ruxsatlar va maxfiy maydonlar pilot boshida birga yoziladi va sizda hujjat sifatida qoladi.
  • Modellar almashtiriladiUlangan modellar orasidan istalganiga qoida orqali o‘tiladi, CRM kodiga tegmasdan.
  • Ma’lumot CRM’daUzRouter matn va javobni saqlamaydi — ko‘chiriladigan ma’lumot bazasi yo‘q.
  • Bitta ulanishVoz kechilsa, CRM’dagi bitta ulanish boshqa yo‘lga almashtiriladi.

Qachon kerak, qachon kerak emas

UzRouter har bir AI loyihasiga kerak emas. O‘zingizni tekshiring: chap ustundagi bandlar ko‘p bo‘lsa — pilot mantiqli.

Mos keladi, agar…

  • AI bir nechta kanalda ishlatiladi yoki ishlatilishi rejalashtirilgan
  • Mijoz ma’lumoti mamlakat ichida qolishi kerak
  • Model yoki provayder almashishi ehtimoli bor
  • Xavfsizlik jamoasi bitta jurnal va aniq ruxsatlarni talab qiladi
  • Ko‘p murojaatlar o‘zbek tilida keladi

Hozircha kerak emas, agar…

  • Bu mijoz ma’lumotisiz, bitta ichki tajriba
  • Bitta tizim, bitta model va o‘zgarish rejalashtirilmagan
  • Mavjud integratsiyada nazorat va jurnal allaqachon yetarli
  • AI uchun vazifa hali aniqlanmagan — avval jarayonni tanlash kerak

UzRouter nima emas

Qaror qabul qilishdan oldin chegaralarni aniq bilish muhim. Mana, UzRouter qilmaydigan to‘rt narsa.

  • CRM o‘rnini bosmaydi

    Murojaatlar, mijoz ma’lumoti va tarix o‘z CRM’ingizda qoladi. Operatorlar odatiy oynasida ishlaydi.

    Buning o‘rniga: mavjud tizimga bitta ulanish bilan qo‘shiladi.

  • Mijozga o‘zi javob yubormaydi

    Model murojaatni saralaydi va operatorga yordam beradi. Yakuniy javobni operator tasdiqlaydi.

    Buning o‘rniga: operator nazoratda qoladi.

  • O‘zi AI model emas

    UzRouter modellarga yo‘l: qaysi so‘rov qaysi modelga borishini loyiha qoidasi belgilaydi.

    Buning o‘rniga: ulangan modellar orasidan vazifaga mosi tanlanadi.

  • Natijani oldindan va’da qilmaydi

    Mahsulot MVP bosqichida. Qanday natija berishini sizning jarayoningizdagi pilot ko‘rsatadi.

    Buning o‘rniga: uch ko‘rsatkich oldindan kelishiladi va o‘lchanadi.

Rahbariyat uchun qaror ro‘yxati

Pilotni boshlashdan oldin javobi bo‘lishi kerak bo‘lgan olti savol. Belgilab boring — har biri qaysi sahifada yoritilgani yonida.

6 savoldan 0 tasiga javob bor

Pilotdan oldingi savollar
Banklar uchun
Ma’lumot toifalari
Nega mahalliy
Ko‘rsatkichlar
Xavfsizlik
Pilot bosqichlari

Bitta qatlamni o‘z jarayoningizda sinang

Bitta jarayondan boshlang: o‘zbekcha murojaatlarni saralash. Ulanish test muhitda, natija sizning ko‘rsatkichlaringizda o‘lchanadi.