Javob topish vaqti
Operator murojaatni ochgandan ichki yo‘riqnomadagi kerakli bandni topguncha o‘tgan vaqt.
- Hozir
- pilot boshida olinadi
- Pilotda
- pilotda o‘lchanadi
Qanday: operator oynasidagi vaqt belgilari asosida.
Mijoz o‘zbekcha yozadi. UzRouter murojaatni O‘zbekistondagi modelda kerakli bo‘limga saralaydi, operator esa ichki yo‘riqnomadan javobni tezroq topadi. Yakuniy javobni har doim operator tasdiqlaydi.
Mijoz · mobil ilova 10:42
Kartam bloklandi, ilovada to‘lov o‘tmayapti
Ichki yo‘riqnoma · Karta xizmatlari
Karta bloklanganda: mijoz shaxsini tasdiqlash tartibi
«Kartam bloklandi» murojaati mobil ilovadan operatorgacha qanday yo‘l bosadi. Bosqichlarni birma-bir ochib ko‘ring.
Murojaat bankning odatiy kanalidan keladi: mobil ilova chati, call-markaz yoki ichki CRM. Mijoz uchun hech narsa o‘zgarmaydi.
Kartam bloklandi, ilovada to‘lov o‘tmayapti10:42
Murojaatingiz qabul qilindi. Operator tez orada javob beradi.10:42
Murojaat va mijoz ma’lumoti bankning o‘z CRM’ida saqlanadi. CRM loyiha kaliti bilan UzRouter’ga vazifa va murojaat matnini yuboradi.
{
"loyiha": "bank-crm-pilot",
"vazifa": "murojaatni_saralash",
"matn": "Kartam bloklandi, ilovada to‘lov o‘tmayapti"
}
Model tanlanishidan oldin loyiha kaliti, vazifa qoidasi, maxfiy maydonlar va sarf limiti tekshiriladi. Matn saqlanmaydi — faqat qayta ishlash vaqtida o‘tadi.
Pilotda tekshiramiz. Kalit, niqoblash, limit va audit nazoratlari pilot davomida sizning muhitingizda tekshiriladi.
Qaror: O‘zbekistondagi modelga yuborish
Murojaat UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlaridagi modelda ishlanadi. Global provayder bu loyiha rejimida yopiq — so‘rov mamlakatdan chiqmaydi.
Natija darhol CRM’ga qaytadi va murojaat «Karta xizmatlari» navbatiga tushadi. UzRouter’da matn nusxasi qolmaydi, audit uchun faqat qaror qaydi yoziladi.
{
"vaqt": "10:42",
"loyiha": "bank-crm-pilot",
"yo‘nalish": "mahalliy",
"qoida_qarori": "saralandi",
"matn": "saqlanmagan"
}
Operator ichki yo‘riqnomadagi kerakli bandni tezroq topadi, javobni yozadi va o‘zi yuboradi. Mijozga javobni model emas, operator yuboradi.
Ichki yo‘riqnoma
Karta bloklanganda: mijoz shaxsini tasdiqlash tartibi
Assalomu alaykum! Kartangizni tekshirishimiz uchun shaxsingizni tasdiqlash kerak bo‘ladi…
Bosqich 1 / 6
Har bir sintetik murojaat qaysi bo‘limga tushishi, operator yo‘riqnomaning qaysi bandini ko‘rishi va qayerda ehtiyot bo‘lish kerakligi. Bo‘limlar nomi pilotda sizning tuzilmangizga moslanadi.
«Kartam bloklandi, ilovada to‘lov o‘tmayapti»
Agar mijoz karta raqamini yozsa — raqam niqoblanadi (pilotda tekshiriladi).
«O‘tkazma kelmadi, pul hisobimdan yechilgan»
«Karta» so‘zi bo‘lsa ham murojaat to‘lovga tegishli — bunday chalkash holatlar pilotda alohida kuzatiladi.
«Kredit grafigini qayerdan ko‘raman?»
Shaxsiy kredit ma’lumoti UzRouter’ga yuborilmaydi — saralash uchun murojaat matni yetarli.
«Ilovaga kira olmayapman, SMS kod kelmayapti»
Telefon raqami yozilsa — niqoblanadi (pilotda tekshiriladi).
«Yakshanba kuni filial ochiqmi?»
Bu ochiq ma’lumot. Uni boshqa tilga tarjima qilish uchun kompaniya alohida global ruxsat berishi mumkin — saralash baribir mahalliy.
Operator odatiy CRM oynasida ishlaydi. Unga bo‘lim taklifi va yo‘riqnomadagi kerakli band ko‘rsatiladi, qaror esa uning o‘zida. Ikkala holatni almashtirib ko‘ring.
Mijoz · call-markaz 10:47
Kartam bloklandi, nima qilay?
Kartadan pul yechildi, lekin o‘tkazma kelmadi
Karta bloklanganda: mijoz shaxsini tasdiqlash tartibi
O‘tkazma kechikkanda: tranzaksiya holatini tekshirish
To‘g‘ri saralanganOperator taklifni tasdiqladi.
Noto‘g‘ri saralanganTuzatish ko‘rsatkichda hisobga olinadi.
CRM’dan keladi, CRM’da qoladi. Operator uni odatdagidek o‘qiydi.
O‘zbekistondagi model taklif qiladi. Bu — maslahat, qaror emas.
Operatorga kerakli bandni qidirmasdan ochish uchun.
Javobni operator yozadi va yuboradi. Bo‘lim noto‘g‘ri bo‘lsa — bir bosishda o‘zgartiradi.
Raqamlarni oldindan va’da qilmaymiz. Boshlang‘ich qiymat pilot boshida hozirgi jarayoningizdan olinadi, natija esa pilot yakunida sizning ma’lumotlaringizda hisoblanadi.
Operator murojaatni ochgandan ichki yo‘riqnomadagi kerakli bandni topguncha o‘tgan vaqt.
Qanday: operator oynasidagi vaqt belgilari asosida.
Operator tasdiqlagan bo‘lim tanlangan bo‘lim bilan mos kelgan murojaatlar foizi.
Qanday: operator bo‘limni tasdiqlaydi yoki o‘zgartiradi.
Model, infratuzilma va integratsiya sarfi 1 000 ta murojaatga nisbatan hisoblanadi.
Qanday: pilot davridagi umumiy sarf va murojaatlar soni bo‘yicha.
Pilotdan oldin hozirgi jarayoningizdan olinadi: bir xil kanal, bir xil turdagi murojaatlar. Manba — CRM’dagi vaqt belgilari va bo‘lim tarixi.
Pilotdagi murojaatlar. Qaysi kanal va qaysi davr hisobga olinishi pilot boshida yozma kelishiladi.
Operator tasdiqlagan bo‘lim taklif bilan bir xil — to‘g‘ri. Operator o‘zgartirgan — noto‘g‘ri. Yakuniy hakam — operator.
Pilot yakunida birga hisoblanadi: CRM ma’lumoti, UzRouter audit metama’lumoti (matnsiz) va sarf hisobi asosida.
Mahalliy modellar UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida ishlaydi. Shuning uchun ochiq vaznli modelni (masalan Qwen yoki Llama) bank o‘zi tanlagan ma’lumotda o‘qitish mumkin.
O‘qitish ma’lumoti · bank tanlaydi
Model biladigan bo‘limlar
Mijoz«Kartam bloklandi, nima qilay?»
Umumiy model
Bankingiz modeli
UzRouter so‘rov va javob matnini saqlamaydi: murojaat faqat qayta ishlash vaqtida o‘tadi, natija darhol CRM’ga qaytadi. Har bir maydon bilan nima bo‘lishi quyida.
| Maydon | CRM’da | UzRouter orqali | UzRouter’da saqlanadimi |
|---|---|---|---|
| Murojaat matni | saqlanadi | o‘tadi → mahalliy model | yo‘q |
| Karta raqami | saqlanadi | niqoblanadi | yo‘q |
| Pasport | saqlanadi | niqoblanadi | yo‘q |
| Telefon | saqlanadi | niqoblanadi | yo‘q |
| Model javobi (bo‘lim) | saqlanadi | CRM’ga qaytadi | yo‘q |
| Audit qaydi | — | vaqt, loyiha, yo‘nalish, qaror | ha, matnsiz |
Global yo‘l yopiq. Saralash vazifasi faqat mahalliy. Global faqat kompaniya ochgan vazifada va u yerda provayderning o‘z shartlari amal qiladi.
CRM nimani yuborishini o‘zi tanlaydi. Saralash uchun murojaat matni yetarli — mijoz profili kerak emas.
Bankda to‘rt rol, UzRouter tomonida bitta jamoa. Har biri pilotdan oldin, davomida va yakunida nima qilishi.
| Rol | Pilotdan oldin | Pilot davomida | Yakunida |
|---|---|---|---|
| Xizmat ko‘rsatish rahbari | Jarayon va uch ko‘rsatkichni tanlaydi, boshlang‘ich qiymatni beradi | Operatorlar fikrini yig‘adi | Natijani boshlang‘ich qiymat bilan solishtiradi |
| IT integratsiya | Test muhitda CRM’ni bitta API’ga ulaydi | To‘xtatish va bloklash sabablarini CRM’da qayta ishlaydi | Kengaytirish uchun ish hajmini baholaydi |
| Axborot xavfsizligi | Maxfiy maydonlar va rejimni tasdiqlaydi | Niqoblash, to‘xtash va audit qaydlarini tekshiradi | Nazoratlar bo‘yicha xulosa beradi |
| Operatorlar | Qisqa tanishuv: taklif va tasdiqlash tugmasi | Bo‘limni tasdiqlaydi yoki o‘zgartiradi, javobni yuboradi | Qulaylik bo‘yicha fikr bildiradi |
| UzRouter jamoasi | Loyiha, qoidalar, kalit va limitni sozlaydi | Qoidalarni qo‘llaydi, kerak bo‘lsa birga moslaydi | Audit metama’lumoti va sarf hisobini taqdim etadi |
UzRouter bankning mavjud kanallariga bitta ulanish orqali qo‘shiladi. Har bir kanalda yakuniy so‘z operatorda qoladi.
Qo‘ng‘iroq bo‘yicha yozilgan murojaat bo‘limga saralanadi, operator yo‘riqnomani tezroq ochadi.
Mijoz yozgan o‘zbekcha xabar kerakli bo‘lim navbatiga tushadi.
Murojaat va mijoz ma’lumoti CRM’da qoladi. Operatorlar odatiy oynasida ishlaydi.
Operator murojaatga mos bandni ichki yo‘riqnomadan tezroq topadi.
Operator yakuniy javobni tasdiqlaydi. Model murojaatni saralaydi va kerakli bandni topishga yordam beradi. Mijozga javobni operator yuboradi, bo‘lim noto‘g‘ri bo‘lsa — uni o‘zgartiradi.
O‘zbekcha murojaatlarni saralashdan boshlang. Uch ko‘rsatkich oldindan kelishiladi va natija sizning jarayoningizda o‘lchanadi.